Xush kelibsiz !

Termiz shahar 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi 1974 yil tashkil topgan. 1975 yilda ishga tushgan. Maktab 1500 quvvatga mo`ljallangan hozirgi kunda 1225-ta o`quvchi 86-ta o`qituvchi va 23-ta texnik xodim faoliyat ko`rsatib kelmoqda.  Maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarni Davlat ta’lim standartlariga muofiq o’qitish va tarbiyalash, shaxsning ta’lim olishga konsultatsiyaviy huquqini ro’yobga chiqarishdan iborat.  Ta’limning boshqaruv organlari tamonidan tasdiq- langan o’quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslardan bilimlarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobilyatlari va amaliy tajriba ko’nikmala- rini rivojlantiradi hamda ta’limning keying  bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko’maklashadi. Maktab ta’lim tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiradi, o’quvchilar o‘z ustida mustaqil ishlashlari va qo’shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. Maktabda ta’lim jarayoni umumta’lim dasturining ikki bosqichiga muofiq amalga oshiriladi:

  1. Boshlang’ich ta’lim I-IV sinflar
  2.  Umumiy o’rta ta’lim V-IX sinflar

Maktabda o’quv ishlari va mashg’ulotlari bayram kunlari o’tkazilmaydi.Maktabda o`quvchilar  fan olimpiadalari va  sport musobaqalarida  ijobiy natijalarni qo`lga kiritib kelishmoqda. Yil davomida maktabda turli hil tadbirlar o`tkazilib kelinmoqda. Maktabni o`quvchilar tamomlab akademik-letsey va kasb hunar kollejida faoliyatini davom ettirib. Oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirib mamlakatimizning turli sohalarida ishlashmoqda.

Maktab Surxondaryo viloyati Termiz shahar R Tagorov ko’chasi 5-uyda joylashgan.